LOCK8 "Aqlli" velosiped qulfi
Tarmoqda velosipedlar uchun jahonda birinchi “aqlli”olib qochishga qarshi qurilma – blokirator loyihasi - LOCK8 taqdim etildi.

Yangilik smartfon orqali elektron ravishda boshqariladigan qulf bo'lib,foydalanuvchi maxsus mobil ilova orqali blokirovka qo'yishi yoki uni olib tashlashi, shuningdek elektron kalitlarni do'stlari yoki qarindoshlari bilan bo'lishishi mumkin.

image

Qulf orqa vilkaga mahkamlab qo'yiladi. Mustahkam kabel yordamida velosipedni ustunga yoki daraxtga bog'lab qo'yish yoki rama va g'ildirakni tros bilan aylantirib bog'lab, harakatlanmaydigan qilib qo'yish mumkin.

LOCK8 girospok, akselerometr, temperatura va yorug'lik datchiklari bilan jihozlangan. Ushbu qurilmalar orqali kabelni kesish yoki qisish, shuningdek baykni o'rnidan jildirishga qaratilgan istalgan urinishlar tovush kuchi 120 dB gacha bo'lgan tovush signalizatsiyasining yoqilishiga olib keladi.

image

Agar shunda ham velosiped o'g'irlab ketilsa ham, foydalanuvchi uning turarjoyini aniqlashi mumkin: qulf GPS resiveri (qabul qilish uskunasi) va mobil aloqa GSM bilan jihozlangan.

image

image

LOCK8 energiyani harakatlanish natijasida zaryadlanadigan akkumulyatordan oladi. Smartfon bilan ma'lumotlarni almashish Bluetooth LE. simsiz aloqa orqali amalga oshiriladi.

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish