Blaze Laser light — velosipedchilar uchun lazerli signal
Velosipedchilar uchun lazer proektsiyasi CES 2014 ko'rgazmasi doirasida Buyuk Britaniya kompaniyalarining biri tomonidan taqdim etildi va Hardware Battlefield startaplar tanlovida finalga chiqqan loyihalardan biri bo'ldi.

image

Qurilma Blaze Laser light deb nomlanib, velosipedchilar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha asosiy muammoni hal etishga – sutkaning qorong'i vaqtida ularning ko'zga ko'rinishini ta'minlashga qaratilgan. Qurilma tomonidan yaratiladigan lazer proektsiyasi velosipedchining haqiqatdan yaqinlashishini olti metrgacha masofadan ko'rsatib beradi.

image

Blaze Laser light velosipedning ruliga kronshteyn orqali o'rnatilib, asfaltda velosipedning nafaqat lazer proektsiyasini yaratishi, balki diodli fara sifatida ishlashi mumkin. Proektsiyaning ancha uzoq masofadan paydo bo'lishi evaziga, yo'lovchilar va avtomobil haydovchilari tomonidan qatnov yo'ligi chiqishdan yoki manyovr qilishlaridan avval velosipedchilarni payqash ehtimoli oshib boradi.

image

Bu qurilma energiyani o'n uch soat avtonom ishlashga mo'ljallangan akkumulyatordan oladi. Qurilma USB orqali zaryadlanadi va eng muhimi shuki, u namdan himoya qilingan.

Qurilmaning narxi taxminan 200 AQSh dollarini tashkil etadi.

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish