Velosiped tirkamalari va bagajxonalari
Oilaviy velosiped sayri ikkala ota-ona uchun ham foydali, ham qiziqarli bo'lishi mumkin. Bu farzandlar uchun ochiq havoda sayr qilishning juda yaxshi usuli hisoblanadi, negaki bunda ular qulay tirkamada yuradilar. Bu “bolalar velotirkamasi” velosipedga ota-onalar tomonidan ulanishi mumkin. Bolalar uchun velotirkamalar xavfsiz va qulay sayr uchun chodirli kapot bilan jihozlanib, ular bolalarni ivib ketishdan saqlaydi. Bola va bolasiz velosipedda uchishning ko'plab usullari bor.

1. Uy hayvonlarini tashuvchi moslama (Pet Carrier) – ko'pchiligimiz mamnuniyat bilan ochiq havoda o'zimizning uy hayvonlarimiz bilan birgalikda sayr qilishimiz mumkin. Uy hayvoningizni uchirish uchun sizning velosipedingizga turli o'lchamdagi tirkamalar o'rnatilishi mumkin. Chodirli kapot bilan himoyalangan sizning uy hayvoningiz bemalol ochiq havoda siz kabi mazza qilib sayr etishi mumkin.

image

2. Stellaj- shunday velosiped tirkamalari/bagajxonalar borki, ular xuddi stellaj kabi bo'lib, ularni o'z bagajxonangizga tasma bilan mahkamlab qo'yishingiz mumkin. Bu turistik asbob-anjom bo'ladimi, chamadon bo'ladimi yoki oziq-ovqatlar bo'ladimi siz o'z velosipedingizdan oyoqlaringiz qancha yukka bardosh bersa, shunchasini tashishingiz mumkin.

image

3. Konteynerlar – agar sizga narsalaringizdan yaxshiroq saqlanish yoki biron narsani sovuqda saqlash kerak bo'lsa, hozirdi mustahkam plastikdan ishlangan konteynerli bagajxonalar mavjud. Ular o'lchamlari bilan farqlanib, siz ularda velosipedda tezda parkka sayr qilish yoki umuman sayohatga chiqishingizda etarli bo'ladigan oziq-ovqatlarni saqlashingiz mumkin.

image

4. Kemperlar – bu butun mamlakat bo'ylab velosipedda sayr qilishni rejalashtirayotganlarga velosiped uchun ochilib yopiladigan kemper-tirkamani maslahat beramiz, negaki u sizning xavfsizligingizni ta'minlab issiq kunda ham, sovuq tunda ham saqlashi mumkin. Bu tirkamalarni taxlab qo'yib, qulay uxlash uchun bitta odam foydalanadigan yoki ikkita odam foydalanadigan qilish mumkin. Ular xuddi ovchilar uchun mo'ljallangan ochilib-yopiladigan tirkama kabi ishlaydi, faqat ularga o'xshab juda katta emas. Dam oluvchilar biron bir qiyinchiliklarsiz ularni tezda o'rnatishlari va yig'ishtirishlari mumkin.

image

5. Sumka bagajxona – velosipedga o'rnatiladigan ba'zi tirkamalar bitta g'ildirakli bo'lishi mumkin, sumkalar esa ikki tomonga joylashtiriladi. Ular mamlakat bo'ylab sayohatga chiqishda yoki bir shahardan ikkinchisiga boradigan sutkali yo'l uchun juda qulay hisoblanadi. Bunday katta bo'lmagan sumkalarda qutqaruv moslamalari va suv joylashgan bo'lishi mumkin.

image

6. Velotirkama – transportning g'ayrioddiy turi bo'lib bir necha yuz yildan beri velosipedning charchamas qismi bo'lib kelgan. Velotirkamalar, kichkinagina yopiq vagonlarni eslatib, velosipedga ulab qo'yilishi mumkin. Yopiq vagon siz manzilingizga ketayotganingizda sizning yukingiz, narsalaringiz xavsizligini ta'minlashi, yoki farzandlaringizni quyoshdan saqlashi :-) mumkin.

image

7. “O'zing yasa” tamoyili –buyurma asosida yoki qo'lda tayyorlangan siz tirkamada ko'rishni istagan narsa. Deyarli istalgan ob'ekt yoki g'oya asosida qilingan narsani velosipedga shatakka olish uchun mustahkamlab qo'yish mumkin. Siz faqat muxandislik malakasi va fantaziya bilan cheklangansiz xolos.

image

Muallif: Sara

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish