Havaskor velosportchilar “Kamolot-Tur”da
Yurtimizda o’sib kelayotgan yosh avlodning jismonan baquvvat, manan yetuk bo’lib o’sishida sport va bu sohada olib borilayotgan islohotlarning o’rni beqiyos.
Harakatning Navoiy viloyat Kengashi tomonidan bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 14-sentabr kuni “Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichi Navoiy shahridagi Navoiy Olimpia zaxiralari kolleji va “Yoshlar” sport majmuasi yonida o‘tkazildi.
image
Musobaqada tuman, shahar bosqichlarida 3ta yosh toifasi, ya’ni 9-14, 15-17, 18-30 yosh toifalarida 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va viloyatimiz bo‘yicha jalb qilingan erkin tarzda ishtirok etadigan havaskor velosportchilar bellashishdi.
image
Viloyat bosqichining 9-14 yosh toifasida 1-o‘rinni Navoiy shahridagi 18-sonli maktab o‘quvchisi Rogov Dmetriy, 2-o‘rinni Qiziltepa tumanidagi 7-sonli maktab o‘quvchisi Berdiyev Farrux, 3-o‘rinni Nurota tumanidagi 3-sonli maktab o‘quvchisi To‘xtayev Avazbeklar qo’lga kiritdi.
image
15-17 yosh toifasida 1-o‘rinni Navoiy shahridagi Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Tilavov Shohjahon, 2-o‘rinni Navoiy shahridagi Navoiy Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Jonuzoqov Jo‘rabek, 3-o‘rinni Qiziltepa Yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Narzullayev Bunyodlar egalladi.
image
18-30 yosh toifasi bo’yicha esa 1-o‘ringa Navoiy shahridagi Navoiy Informatika va elektron sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sanagatulin Timur, 2-o‘ringa Navoiy Mashinasozlik zavodi xodimi Karakulin Valeriy, 3-o‘ringa Karmana tumani “Erkin iqtisodiy zona”dagi kichik korxonalardan birining xodimi Usmonov Dostonlar munosib deb topildi.
image
Musobaqada 1-o’rinni qo‘lga kiritgan (3 nafar) g‘oliblar final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
image
Musobaqa g‘oliblari va unda faol ishtirok etgan sportchilar Harakatning viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Manba

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish