Veloman.uz – endi o'zbek tilida ham!
2015 yilning iyun oyida PIXEL CRAFT kompaniyasi o'zining yangi loyihasini – O'zbekiston velosipedchilari hamjamiyatining saytini taqdim etgan edi.

Loyihani tashkil etishning asosiy maqsadi – velosiped mavzusiga oid ma'lumotlarni almashish uchun qulay resursni taqdim etishdan iborat. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar (hamjamiyat ishtirokchilari) shaxsiy bloglarini olib borishlari, e'lonlarni joylashtirishlari, xaritada qiziqarli velo nuqtalar haqida ma'lumotlarni chop etishlari, shuningdek, tadbirlarni uyushtirishlari va hamjamiyat ishtirokchilari bilan faol birgalikdagi dam olishlarni rejalashtirishlari mumkin.

Servisdan foydalanishning afzalliklari zarur ma'lumotlarni oson va qulay joylashtirish, ko'p tomonlama qidiruv, bevosita portalning o'zida hamjamiyatning istalgan ishtirokchisi bilan muloqot olib borish, mavzu bo'yicha guruhlarni tashkil etish va boshqa ko'plab imkoniyatlardan iborat.

Loyiha tashkil etilgan vaqtdan boshlab bloglarda 70 dan ortiq yozuvlar joylashtirildi va 40 dan ortiq velo nuqtalar tashkil etildi.

Portal haqida

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish