Veloman.uz - «PIXEL CRAFT» kompaniyasi mutaxassislarining tashabbusi bilan tashkil etilgan velosiped mavzusiga biron-bir tarzda aloqador bo'lgan insonlarning uyushmasidir. Ushbu loyihani yaratish g'oyasi hozirgi kunda O'zbekistonda bunday darajadagi servisning yo'qligi, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar esa mavjud axborotni jamlash va axborotni izlash nuqtai nazaridan uncha qulay bo'lmaganligi tufayli tug'ildi.

Loyihani yaratishning asosiy maqsadi – velosiped mavzusiga taalluqli bo'lgan axborotni almashish uchun qulay resursni taqdim etishdan iborat. Ushbu axborot resursi orqali ro'yxatdan o'tgan va avtorizatsiyalangan foydalanuvchilar (uyushma ishtirokchilari) shaxsiy bloglarni olib borishlari, e'lonlar va xaritada velo nuqtalar to'g'risida foydali ma'lumotlarni joylashtirishlari, tadbirlarni tashkil etishlari va uyushma ishtirokchilari bilan birgalikda faol dam olishni rejalashtirishlari mumkin.

Servisdan foydalanishning afzalliklari zarur ma'lumotni joylashtirishning oson va soddaligi, izlash xizmatining ko'p funktsionalligi, portalda uyushmaning istalgan ishtirokchisi bilan muloqot qilish, guruh a'zolari bilan biron-bir mavzu bo'yicha yozishmalarni tashkil etish va boshqalardan iborat.

Uyushmada ro'yxatdan o'tish bepul va juda oson – faqatgina minimal ma'lumotlarni kiritish talab etiladi va elektron pochta manziligi darhol foydalanuvchining ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi xabar keladi. Avtorizatsiyadan esa ommabop ijtimoiy tarmoqlar va tashqi sersivlarda mavjud bo'lgan akkauntlar (parol va login) orqali o'tish mumkin.

Avtorizatsiyadan o'tgandan so'ng foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga kirishi mumkin. Bu erda u o'zining shaxsiy ma'lumotlarini, ya'ni fotosuratini, bog'lanish uchun ma'lumotlarni va shaxsiy ma'lumotlarni kiritishi mumkin. Shaxsiy kabinetning “Sozlash” bo'limida esa, uyushma ishtirokchisi yangiliklar, loyiha tadbirlari, shaxsiy xabarlar va shaxsiy bloglardagi izohlar to'g'risida xabarnomalarni tarqatish xizmatini sozlash imkoniga ega.

Foydalanuvchilar uchun saytda qulay navigatsiyani ta'minlash uchun uyushmaning bosh menyusiga barcha mavjud bo'limlar: bloglar, marshrutlar, tadbirlar, veloxarita, e'lonlar, treklar, fotosuratlar, uyushma ishtirokchilari, izlash, avtorizatsiya bloki kiritilgan.

Uyushmaning barcha avtorizatsiyalangan ishtirokchilari maxsus shaklni to'ldirish orqali mavjud bo'limlarga yozuvlarni kiritish imkoniga egalar. E'tiborlisi shundaki, barcha modullar qulaylik uchun toifalarga ajratilgan. Misol uchun, muallifning qayd etgan yozuvining mavzusiga qarab bloglarda “Intervyu”, “Maslahatlar”, “Boshqa” deb nomlangan yozuvlarni ko'rish mumkin, “Veloxarita” bo'limida esa “Avtoxizmat”, “Velo ustaxonalar”, “Veloturargohlar” (“Veloparkovkalar”), “Veloijara” va boshqa shu kabi toifalar keltirilgan.

Qayd etilgan afzalliklardan tashqari, ijtimoy tarmoqlardan farqli jihati shundaki, saytda istalgan ishtirokchi uyushma barcha ishtirokchilarining yozuvlari bilan tanisha olish imkoniyatiga ega, bu esa o'z navbatida izlanayotgan ma'lumotni tez topishni ta'minlaydi.

Va nihoyat, bizning uyushmamiz portalidagi yana bir quvontiradigan jihati, bu – uning ko'rimliligidir.Siz saytimizda albomlarni yaratishingiz, qiziqarli va chiroyli joylarning fotosuratlari bilan o'rtoqlashishingiz, marshrutlarni yaratishingiz va treklarni qo'shishingiz, fotosuratli e'lonlarni joylashtirishingiz (tez oldi-sotti uchun J), va umuman kuchli, sport bilan shug'ullanuvchi, o'z kuchiga ishongan va go'zal insonlar bilan tanishishingiz mumkin!.