1. Kelishuv predmeti
1.1. Ushbu Kelishuv Uyushmaning Veb-saytidan foydalanish tartibi va shartlarini, shuningdek Ma'muriyat hamda Sayt foydalanuvchisi o'rtasida Saytdan va unda intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish bo'yicha munosabatlarni tartibga soladi.
1.2. Ushbu Kelishuv bilan belgilangan shartlarga asosan Uyushmaning alohida bo'limlari tarkibidagi ma'lumot va intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish huquqi Uyushma Foydalanuvchilari hamda Uyushma Ma'muriyatining bevosita ishtirokisiz ko'rsatilgan ob'ektlarni mustaqil ravishda yaratgan va /yoki Saytda chop etgan boshqa shaxslarga tegishli bo'lishi mumkin.
2. Atama va tavsiflar
“Veloman” Uyushmasining veb-sayti – ushbu veb-sayt Internet-resurs hisoblanib, o'z ichiga barcha axborotlarni, integratsiya vositalari, dasturlar, dasturiy ta'minot, ma'lumotlar bazalarini oladi. Ushbu Saytga umuman va tarmoq adresidan (domen nomi) foydalanish huquqi Uyushma Ma'muriga tegishli.
“Veloman” Uyushmasi Ma'muriyati (keyingi o'rinlarda – Uyushma Ma'muriyati, Ma'muriyat) - Uyushmani yaratgan va ishlab chiqqan «PIXEL CRAFT» MChJ kompaniyasi
“Veloman” Uyushmasi Foydalanuvchisi (keyingi o'rinlarda-Uyushma Foydlanuvchisi, Foydalanuvchi) – 7 yoshga to'lgan, Qoidalar bilan belgilangan tarbibda Saytda ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxs.
3. Umumiy qoidalar
Ushbu Kelishuv Uyushma Ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, Uyushmadan foydalanish va uni rivojlantirish shartlarini, shuningdek uning Foydalanuvchilari va Ma'muriyatining huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Uyushma qoidalari ushbu Kelishuvining ajralmas qismi hisoblanadi va Uyushma Ma'muri tomonidan bir tomonlama ravishda hech qanday alohida bildirish xatisiz o'zgartilishi va /yoki to'ldirilishi mumkin. Qoidalarning amaldagi tahriri Internet tarmog'ida http://veloman.uz/uz/about/rules/ manzili bo'yicha joylashgan.
Uyushma Qoidalari shuningdek Uyushmaning Foydalanuvchilari bo'lmagan, ammo Uyushma Foydalanuvchilarining hatti-harakatlari natijasida huquqlari va manfaatlariga ta'sir etuvchi uchinchi shaxslar bilan bog'liq aloqalarga ham taalluqlidir.
Foydalanuvchi ushbu Kelishuv bilan saytda ro'yxatdan o'tguniga qadar to'liq tanishib chiqishi lozim. Foydalanuvchining saytda ro'yxatdan o'tishi uning ushbu Kelishuv va Uyushma Qoidalarini to'liq va so'zsiz qabul qilishini anglatadi.
4. “Veloman” Uyushmasi Foydalanuvchisining majburiyatlari
4.1. Uyushma Xizmatlaridan foydalanishda Foydalanuvchining majburiyatlari
- O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Uyushmaning Qoidalariga amal qilish;
- ro'yxatdan o'tishda ishonchli, to'liq va amaldagi ma'lumotlarni taqdim etish, ularni yangilanib borilishini kuzatib borish;
- Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirish va/yoki Foydalanuvchining login va paroldan ruxsatsiz foydalanish hollari kuzatilishi bilan Uyushma Ma'muriyatiga xabar berish;
- boshqa Foydalanuvchilarga agar bu hol O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va/yoki ushbu Qoidalar, Uyushma Ma'muriyatining maxsus hujjatlarining buzilishiga olib kelsa, o'z shaxsiy sahifalari yoki ulardagi alohida ma'lumotlarga kirishlariga yo'l qo'ymaslik;
- o'z shaxsiy sahifalarida boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzishi mumkin bo'lgan ma'lumot va ob'ektlarni (ularga o'tish havolalarini) joylashtirmaslik;
- ma'lumot va ob'ektlarni joylashtirishdan avval ularni joylashtirishning qonuniyligini baholash.
4.2. Foydalanuvchiga Uyushmadan foydalanishda quyidagilar ta'qiqlanadi:
4.2.1. Boshqa shaxs nomidan yoki boshqa shaxs o'rniga (“sohta akkaunt”) Foydalanuvchi sifatida ro'yxatdan o'tish yoki shaxslar guruhi (uyushma) yoki yuridik shaxsni Foydalanuvchi sifatida ro'yxatdan o'tkazish.
4.2.2.Ro'yxatdan o'tgan boshqa Foydalanuvchining login va parolidan foydalangan holda Foydalanuvchilarni yanglishtirish;
4.2.3. Quyidagi:
- boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslarga do'q-po'pisa qiluvchi, ularning obro'-e'tiborini to'kuvchi, haqorat qiluvchi, sha'ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro'sini kamsituvchi, shaxsiy hayoti daxlsizligini buzuvchi;
- voyaga etmaganlarning huquqlarini buzuvchi;
- odobsiz yoki uyatsiz, pornografik tasvir va matn yoki balog'atga etmaganlar ishtirokidagi seksual xarakterdagi epizodlarni o'z ichiga oluvchi;
- hayvonlarga nisbatan shafqatsiz muomala epizodlardan iborat;
- o'z-o'zini o'ldirish (suitsid) vosita va usullarini bayon etuvchi, uni amalga oshirishga undovchi
- irqiy, diniy, etnik nafrat yoki adovatni qo'zg'ashni targ'ib etuvchi va/yoki undovchi, fashizm yoki irqiy ustunlikni targ'ib etuvchi;
- ekstremistik materiallarni o'z ichiga olgan;
- jinoiy faoliyatni targ'ib etuvchi yoki jinoiy hatti-harakatlarni amalga oshirish bo'yicha maslahatlar, yo'riqnomalar yoki qo'llanmalarni o'z ichiga oluvchi;
- narkotik moddalarni reklama qiluvchi yoki ularni iste'mol qilishning jozibadorligini bayon etuvchi, narkotiklarni tarqatish, ularni ishlab chiqish yo'llari va iste'mol etish maslahatlari bayon etilgan;
- firibgarlik xarakteridagi mazmundagi istalgan ma'lumotlarni yuklash, saqlash,chop etish, tarqatish yoki undan foydalanishga ruxsat berish ta'qiqlanadi.
4.2.4. Foydalanuvchilar va uchinchi shaxslarning intellektual mulklarini noqonuniy ravishda yuklash, saqlash, chop etish, tarqatish va ulardan foydalanishga yo'l ochib berish yoki boshqa usullar bilan bu ishni amalga oshirish;
4.2.5. Uyushma Foydalanuvchilarning roziligisiz ommaviy yuborishlarni amalga oshirish;
4.2.6. Uyushmaning va uning xizmatlari yoki Foydalanuvchilarning shaxsiy sahifalari normal faoliyatini ishdan chiqarishga qaratilgan dasturiy ta'minotdan foydalanish va hatti-g'arakatlarni amalga oshirish;
4.2.7. Viruslar, troyanlar va boshqa zararli dasturlarni yuklash, saqlash, chop etish, tarqatish va ularga kirish uchun yo'l ochish yoki biron-bir usul orqali ulardan foydalanish;
4.2.8. Uyushma Ma'muriyatining maxsus ruxsatisiz axborot to'plash va /yoki Sayt va uning sersivlari bilan o'zaro aloqadorlik uchun Saytda avtomatlashtirilgan skriplarni (dasturlarni) o'rnatish;
4.2.9. Biron-bir maqsadlar uchun Xizmatlarni amalga oshirish, qaytarish, nusxalash, sotish, savdo operatsiyalarini amalga oshirish va qayta sotish, to'g'ridan-to'g'ri Foydalanuvchiga Ma'muriyat bilan tuzilgan alohida kelishuvga asosan ruxsat berilgan hollar bundan mustasno;
4.2.10. tijorat va siyosiy reklamani joylashtirish;
4.2.11. boshqa saytlar va loyihalarning reklamalarini joylashtirish, to'g'ridan-to'g'ri Foydalanuvchiga Ma'muriyat bilan tuzilgan alohida kelishuvga asosan ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.
4.2.12. Ma'muriyatning shaxsiy fikriga asosan xush kelmaydigan, Uyushmani tashkil etish maqsadlariga mos kelmaydigan, Foydalanuvchilarning manfaatlarini cheklaydigan yoki boshqa sabablarga ko'ra to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni joylashtirish.
4.3. Foydalanuvchi Saytda joylashtiradigan istalgan ma'lumotga, boshqa Foydalanuvchilarga bergan ma'lumotlariga, shuningdek boshqa Foydalanuvchilar bilan o'zaro aloqadorligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4.4. Foydalanuvchi ushbu Qoidalarga yoki undagi yangi qoidalarga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Sayt Ma'muriyatiga info@veloman.uz saytiga xabar yuborish orqali savol berishi mumkin.
5. Ma'muriyatning huquq va majburiyatlari
5.1. Ma'muriyatning majburiyatlari faqatgina Foydalanuvchiga Foydalanish kelishuvi va Qoidalar bilan belgilangan Saytga kirish uchun texnik imkoniyatni yaratib berishdan iborat.
5.2. Ma'mur o'z ihtiyoricha Saytda chop etiladigan istalgan ma'lumotni, shuningdek foto va videokontentni va Saytning istalgan element hamda uning tashkiliy qismlarini o'zgartirishi yoki o'ga chirib tashlash, Foydalanuvchiga Saytning barcha bo'limlari yoki Saytning istalgan bo'lim/modullariga istalgan vaqtda istalgan sabab bilan yoki sababini tushuntirmasdan avvaldan xabar qilgan holda yoki avvaldan xabar qilmasdan (Ma'murning ihtiyoriga ko'ra) kirishni to'htatish huquqiga ega. Shu bilan birga, tomonlar Foydalauvchiga bunday hatti-harakatlar tufayli keltiriladigan istalgan zarar uchun Ma'mur javob bermasligiga rozilik bildiradilar.
5.3. Ma'mur Foydalanuvchining roziligi olmasdan bir tomonlama ravishda Saytdan foydalanstalgan ishda istalgan cheklovlarni o'rnatishi, Kelishuvni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqiga ega.
5.4. Ma'mur Saytning istalgan bo'limida reklama va/yoki boshqa axborotni joylashtirish, reklama videokontenti ko'rsatuvini to'htatib qo'yish huquqiga ega.
6. Intellektual huquqlar shartlari
6.1. Saytga joylashtirilgan Kontentga alohida egalik huquqlari.
6.1.1. Saytda joylashtirilgan barcha ob'ektlar, shu jumladan dizaynning barcha elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustatsiyalar, video, skriptlar, dasturlar, musiqa, tovushlar va boshqa ob'ektlar va ularning to'plamlari (keyingi o'rinlarda - Kontent) Ma'muriyat, Uyushma Foydalanuvchilari va egalik huquqiga ega boshqa shaxslarning alohida egalik huquqi ob'eklari hisoblanadi, ushbu ob'ektlar uchun barcha huquqlar himoyalangan.
6.1.2. Foydalanuvchi, uning o'ziga qonuniy asosda tegishli bo'lgan Kontentni Saytga joylashtirar ekan, boshqa foydalanuvchilarga undan ko'rish, qayta ishlash (shu jumladan nusxa ko'chirish), qayta ishlash (shu jumladan nusxasini chop etish) huquqlarini va boshqa huquqlarni faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish uchun taqdim etadi, mulkka egalik huquqiga ega shaxsning qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga zarar keltirayotgan yoki keltiradigan foydalanish hollari bundan istesno.
6.1.3. Foydalanuvchi tomonidan faqatgina shaxsiy notijorat maqsadlarida Kontentdan foydalanishga barcha mualliflik belgilari saqlangan shartlardagina ruxsat beriladi.
6.2. Alohida egalik huquqlari buzilganligi uchun mas'uliyat
6.2.1. Foydalanuvchi istalgan Kontent yoki boshqa ma'lumotlarni yuklaganda yoki uni biron bir tarzda Saytda yoki u orqali omma e'tiboriga havola etganda (chop etganda) shaxsiy mas'uliyat Foydalanuvchining zimmasiga yuklatiladi.
6.2.2. Uyushma Ma'muriyati Saytda ta'qiqlangan Kontent mavjudligi yuzasidan uni ko'rib chiqishi mumkin, lekin bunga majbur emas va o'z ihtiyoriga ko'ra sababini ko'rsatmasdan istalgan Kontentni yoki Foydalanuvchini o'chirib tashlashi yoki boshqa joyga ko'chirishi (avvaldan ogohlantirmasdan) mumkin.
6.2.3. Foydalanuvchi o'z Kontentini Saytda joylashtirish orqali Sayt Kontentini tartibga solish va chop etish hamda saqlashni engillashtirish maqsadida o'z Kontentidan nusxa ko'chirish huquqlarini Ma'muriyatga beradi.
6.2.4. Foydalanuvchi Uyushmaning istalgan bo'limida o'z Kontentini joylashtirar ekan Foydalanuvchi Ma'muriyatga Uyushma maqsadlari yoki u bilan bog'liq maqsadlar uchun, shu jumladan uni targ'ib chilish uchun undan nusha ko'chirish, ommaga ko'rsatish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, tarjima qilish bilan bog'liq huquqlarni beradi.
6.2.5 Маъмурият фойдаланиш Контентининг архив нусхаларини номаълум муддат ичида сақлаш ҳуқуқига эга.
7. “Veloman” Uyushmasining faoliyat yuritishi va undan foydalanish bo'yicha mas'uliyat
7.1. Ma'muriyat istalgan vaqtda Uyushmaning bezatilishini, uning mazmunini, servislar ro'yxatini o'zgartirishi, foydalanilayotgan skriptlar, dasturiy ta'minotni va Saytda joylashgan yoki saqlanayotgan boshqa ob'ektlarni, istalgan server ilovalarini avvaldan xabar bergan holda yoki xabar bermasdan istalgan vaqtda o'zgartirishi va to'ldirishi mumkin.
7.2. Ma'muriyat Foydalanuvchilar ma'lumotlarini avvaldan moderatsiya yoki tsenzura bilan shug'ullanmaydi va manfaatdor shaxs o'rnatilgan tartibda (yangidan tashkil etilayotgan guruhlarning avvaldan moderatsiyasi bundan istesno) Uyushmaga murojaat etganidan so'ng shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablarini ta'minlash bo'yicha choralarni ko'radi.
7.3. Loyiha yaratuvchilari xaritada foydalanuvchilar tomonidan ko'rsatilgan ma'lumot uchun javobgar emas va belgilangan magazinlar, parkovkalar va ijara shahobchalarning egasi emas. Saytda va ilovalarda foydalanilayotgan savdo markalari va logotiplari ularning egalariga tegishli.
7.4. Uyushma Ma'muriyati Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv va Qoidalar buzilganligi uchun javobgar emas va o'z ihtiyoriga ko'ra hamda boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslardan Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv va Qoidalar buzilganligi to'g'risida ma'lumot olishi bilan, Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuv va Qoidalar bilan belgilab qo'yilgan ta'qiqlarni buzuvchi istalgan chop etilayotgan ma'lumotini o'zgartirish (moderatsiyalash) yoki o'chirib tashlash, Foydalanuvchiga Uyushmaning barcha yoki istalgan bo'lim va servislariga kirishini istalgan vaqtda sababli yoki sababini bayon etmasdan, avvaldan xabar bergan holda yoki xabar bermasdan ushbu harakatlar natijasida Sizga etkaziladigan zarar uchun javobbermasdan to'xtatib qo'yish huquqiga ega. Uyushma Ma'muriyati agar uning fikricha Foydalanuvchi Uyushmaga va/yoki uning Foydalanuvchilariga zarar etkazayotganligini aniqlasa, Foydalanuvchining shaxsiy sahifasini o'chirib tashlash va/yoki vaqtincha to'xtatib turish, cheklash yoki Foydalanuvchiga Uyushmaning istalgan servisiga kirishni bekor qilish huquqiga ega. Uyushma Ma'muriyati ushbu Kelishuv va Qoidalarga asosan Foydalanuvchining ma'lumotlarini vaqtincha blokirovka qilgani yoki o'chirib tashlagani yoki shaxsiy sahifasini o'chirib tashlagani (ro'yxatdan o'tishni to'xtatish) uchun javobgar emas.
7.5. Foydalanuvchining shaxsiy sahifasini o'chib tashlash undagi barcha ma'lumotlarni, shuningdek Foydalanuvchining Saytda ro'yxatdan o'tishda kiritgan barcha ma'lumotlarini avtomatik ravishda o'chirib tashlashni anglatadi. Shaxsiy sahifa o'chirib tashlangandan so'ng Foydalanuvchi Saytga kirish huquqidan maxrum bo'ladi.
7.6. Uyushma Ma'muriyati Uyushmaning faoliyat yuritishi va ishlashini ta'minlaydi va texnik nosozliklar va to'xtashlar yuzaga kelgan holda darhol uni tiklash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Uyushma Ma'muriyati Uyushma ishidagi vaqtinchalik buzilishlar va to'xtalishlar hamda buning oqibatida ma'lumotlarning yo'qolishiga mas'ul emas. Shuningdek, Ma'muriyat Uyushmadagi yoki Saytda joylashtirilgan havolalardan o'tilgan resurslardan materiallarni yuklash oqibatida yoki bu bilan bog'liq ravishda Foydalanuvchi yoki boshqa shaxsking kompyuteriga, mobil qurilmalar, istalgan boshqa vositalar yoki dasturiy ta'minotga etkazilgan istalgan zarar uchun javobgar emas.
7.7. Uyushma Ma'muriyati Uyushmaning turlifoydalanuvchilari auditoriyasiga reklama ma'lumotlarini manzilli ko'rsatishni ta'minlash uchun Uyushmaning faoliyati bilan bog'liq statistik ma'lumotdan, shuningdek Foydalanuvchining ma'lumotlaridan foydalanish huquqiga ega. Uyushma faoliyatini tashkil etish va Uyushmani texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ushbu Kelishuv va Qoidalarning bajarilishi maqsadida Uyushma Ma'muriyati foydalanuvchilarning shaxsiy sahifalariga kirishning texnik imhkoniyatlariga ega bo'lib, ular faqatgina ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi.
7.8. Uyushma Ma'muriyatiya Foydalanuvchilarga Uyushma va uning servislarini rivojlantirish bo'yicha ma'lumotlarni yuborish hamda o'z faoliyati va xizmatlarini reklama qilish huquqiga ega.
7.9. Uyushma Ma'muriyati majburiyatlarini cheklash:
• saytdan foydalanar ekan, foydalanuvchi uyushmadan yoki uning yordami bilan istalgan ma'lumotlarni yuklar ekan ular bilan bog'liq xavf-xatarni anglashi va ulardan keyinchalik foydalanishning oqibatlari, shu jumladan foydalanuvchining kompyuteriga yoki uchinchi shaxslarga etkazilishi mumkin bo'lgan zarar, ma'lumotlarni yo'qolishi bilan bog'liq yoki boshqa istalgan zarar uchun o'z zimmasiga barcha mas'uliyatni va shaxsiy javobgarlikni olishiga o'z roziligini beradi;
• hech qanday hollarda ham Uyushma Ma'muriyati yoki uning vakillari foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslar oldida siz yoki boshqa shaxslar Uyushma yordamida, Uyushma Ma'muriyati bunday zararning bo'lishi to'g'risida ogohlantirgan yoki ko'rsatgan bo'lsa ham, Uyushmadan, undagi ma'lumotlardan yoki boshqa ma'lumotlardan istalgan bilvosita, nogahon, qasddan qilinmagan zarar, shu jumladan qo'ldan chiqarilgan foyda yoki yo'qotilgan ma'lumotlar, shaxs sha'ni,qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro'sining to'kilishi uchun javobgar emas.
8. Yakuniy qoidalar
8.1. Jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Kelishuvning bandlari va Uyushmaning faoliyati, uchinchi shaxslarning Uyushmadan foydalanishda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog'liq barcha masalalari bo'yicha murojaatlar, takliflar va e'tirozlar Uyushma Ma'muriyatiga sahifadagi qayta aloqa formasi orqali yoki bevosita info@veloman.uz. Elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
8.2. Ushbu Kelishuv bandlarining bajarilishi bilan bog'liq istalgan bahs yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelganda Foydalanuvchi va Ma'muriyat ular muzokara yo'li bilan ularni hal etish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladilar. Agar bahslar muzokara yo'li bilan hal etilmasa, ular O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda hal etilishi lozim.