1. “Veloman” Uyushmasidan foydalanish Qoidalarining maqomi

1.1. Ushbu Uyushmadan foydalanish qoidalari (keyingi o'rinlarda - Qoidalar) Uyushma Ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan va ular Uyushmadan foydalanish hamda rivojlantirish sharoitlari, shuningdek uning foydalanuvchilari va Ma'muriyatining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

1.2. Uyushma qoidalari Foydalanish kelishuvining ajralmas qismi hisoblanadi va Uyushma Ma'muri tomonidan bir tomonlama ravishda hech qanday alohida bildirish xatisiz o'zgartilishi va /yoki to'ldirilishi mumkin. Qoidalarning amaldagi tahriri Internet tarmog'ila http://veloman.uz/uz/about/rules/ manzili bo'yicha joylashgan.

1.3. Foydalanuvchi ushbu Qoidalar bilan saytda ro'yxatdan o'tguniga qadar to'liq tanishib chiqishi lozim. Foydalanuvchining saytda ro'yxatdan o'tishi uning Qoidalar talablari va Uyushma Qoidalarini to'liq va so'zsiz qabul qilishini anglatadi.

1.4. Uyushma Ma'muriyati foydalanuvchilarga muntazam ravishda ushbu Qoidalarning shartlarini ularni o'zgarishi va /yoki ularga qo'shimchalar kiritishi nuqtai-nazaridan tekshirib turishni tavsiya etadi. Uyushma foydalanuvchisi tomonidan ushbu Qoidalardan ularga o'zgartirish va/yoki qo'shimcha kiritilgandan so'ng ham foydalanish foydalanuvchining kiritilgan o'zgartirishlar va/yoki qo'shimchalarni qabul qilishi va ularga roiligini anglatadi.

1.5. Ushbu Qoidalar chop etilgan vaqtdan, xususan Foydalanuvchi uchun esa – uning Uyushmaga a'zo bo'lganidan muddatidan boshlab kuchga kiradi va noma'lum muddat amal qiladi.

2. “Veloman Uyushmasi” Uyushmasining maqomi

“Veloman” Uyushmasining sayti internet-resursi hisoblanadi. Saytga umuman va tarmoq adresidan (domen nomidan) foydalanish huquqi Uyushma Ma'muriyatiga tegishli

3. “Veloman” Uyushmasi Ma'muriyati

3.1. “Veloman” Uyushmasi (keyingi o'rinlarda – Uyushma Ma'muriyati, Ma'muriyat) deganda ushbu Qoidalarda Uyushmaning tashkilotchisi va yaratuvchisi bo'lgan «PIXEL CRAFT» MChJ tushuniladi.

3.2. Uyushmaning faoliyat yuritishini va uni rivojlantirishni Uyushma Ma'muriyati O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi, Foydalanish Kelishuvi va ushbu Qoidalarga asosan amalga oshadi.

3.3. Ushbu Qoidalarning bironta bo'limi yoki bo'limostisi Foydalanuvchiga Uyushma Ma'murining firma nomi, tovar belgisi, domen nomi yoki boshqa alohida farqlanuvchi belgisidan foydalanish huquqini bermaydi. Uyushma Ma'murining firma nomi, tovar belgisi, domen nomlari va boshqa farqlanuvchi belgisidan foydalanish huquqi Ma'muriyatning yozma roziligiga asosan berilishi mumkin.

4. “Veloman” Uyushmasi saytida ro'yxatdan o'tish va Foydalanuvchi maqomi

4.1. Foydalanuvchining Saytda ro'yxatdan o'tishi bepul, ko'ngilli hisoblanib, to'g'ridan-to'g'ri http://veloman.uz/uz/auth/?register saytiga o'tish orqali ushbu saytda amalga oshiriladi.

4.2. Uyushma Foydalanuvchisi ushbu Qoidalar bilan belgilangan tartibda Saytda ro'yxatdan o'tgan, 7 yoshga etgan jismoniy shaxs hisoblanadi.

4.3. Foydalanuvchi Saytda ro'yxatdan o'tishda Foydalanuvchining shaxsiy kabinetini yaratish uchun lozim bo'lgan haqiqiy va amaldagi ma'lumotlarni, shu jumladan har bir Foydalanuvchi uchun yagona bo'lgan familiyasi, ismi, elektron pochta manzili, o'zining hisob yozuvlaridan foydalanish uchun login va parolini taqdim etadi. Birinchi avtorizatsiyalashdan o'tgandan so'ng, Foydalanuvchiga qo'shimcha ma'lumotlarni kiritish va Saytdan olingan ko'rsatmalar asosida bir qator sozlash ishlarini amalga oshirish taklif etiladi.

4.4. Ro'yxatdan o'tishda Foydalanuvchi ushbu Qoidalarga rozilik beradi va ularda ko'rsatilgan Uyushmadan foydalanish va faoliyat yuritishi bilan bog'liq huquq va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.

4.5. Foydalanuvchi Saytda muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganidan so'ng Ma'muriyat Foydalanuvchi oldida ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan huquq va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.

4.6. Uyushma Ma'muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga noqonuniy ravishda kirish, o'zgartirsh, oshkor etish yoki yo'q qilishning oldini olish uchun barcha mavjud chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

4.7. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan login va parol Foydalanuvchining Saytga kirishi uchun zarur va etarli ma'lumot xisoblanadi. Foydalanuvchi o'z login va parolini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas, login va parolini saqlash usulini mustaqil tanlaydi va ularni but saqlanishini ta'minlashga mas'ul hisoblanadi.

4.8. Agar foydalanuvchi tomonidan buning aksi isbotlab berilmasi, uning login va parolidan foydalangan holda amalga oshirilgan istalgan hatti-harakatlar uning o'zi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Login va paroldan ruxsatsiz foydalanish va/yoki Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirish, login va parolni tarqatish hollarida Foydalanuvchi zudlik bilan bu haqda Uyushma Ma'muriyatiga o'rnatilgan tartibda xabar berishi lozim.

5. “Veloman” Uyushmasi Foydalanuvchisining huquq va majburiyatlari

5.1. Uyushma Xizmatlaridan foydalanishda Foydalanuvchining majburiyatlari:

  • O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Uyushmaning ushbu Qoidalariga amal qilish;
  • ro'yxatdan o'tishda ishonchli, to'liq va amaldagi ma'lumotlarni taqdim etish, ularni yangilanib borilishini kuzatib borish;
  • Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirish va/yoki Foydalanuvchining login va paroldan ruxsatsiz foydalanish hollari kuzatilishi bilan Uyushma Ma'muriyatiga xabar berish;
  • Boshqa Foydalanuvchilarga agar bu hol O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va/yoki ushbu Qoidalar, Uyushma Ma'muriyatining maxsus hujjatlarining buzilishiga olib kelsa, o'z shaxsiy sahifalari yoki ulardagi alohida ma'lumotlarga kirishlariga yo'l qo'ymaslik;
  • o'z shaxsiy sahifalarida boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzishi mumkin bo'lgan ma'lumot va ob'ektlarni (ularga o'tish havolalarini) joylashtirmaslik;
  • ma'lumot va ob'ektlarni joylashtirishdan avval ularni joylashtirishning qonuniyligini baholash.

5.2. Foydalanuvchiga Uyushmadan foydalanishda quyidagilar ta'qiqlanadi:

5.2.1. Ro'yxatdan o'tgan boshqa Foydalanuvchining login va parolidan foydalangan holda Foydalanuvchilarni yanglishtirish;

5.2.2. Quyidagi:

  • voyaga etmaganlarning huquqlarini buzuvchi;
  • odobsiz yoki uyatsiz, pornografik tasvir va matn yoki balog'atga etmaganlar ishtirokidagi seksual xarakterdagi epizodlarni o'z ichiga oluvchi;
  • hayvonlarga nisbatan shafqatsiz muomala epizodlardan iborat;
  • o'z-o'zini o'ldirish (suitsid) vosita va usullarini bayon etuvchi, uni amalga oshirishga undovchi;
  • irqiy, diniy, etnik nafrat yoki adovatni qo'zg'ashni targ'ib etuvchi va/yoki undovchi, fashizm yoki irqiy ustunlikni targ'ib etuvchi;
  • eksremistik materiallarni o'z ichiga olgan;
  • jinoiy faoliyatni targ'ib etuvchi yoki jinoiy hatti-harakatlarni amalga oshirish bo'yicha maslahatlar, yo'riqnomalar yoki qo'llanmalarni o'z ichiga oluvchi;
  • narkotik moddalarni reklama qiluvchi yoki ularni iste'mol qilishning jozibadorligini bayon etuvchi, narkotiklarni tarqatish, ularni ishlab chiqish yo'llari va iste'mol etish maslahatlari bayon etilgan;
  • firibgarlik xarakteridagi mazmundagi istalgan ma'lumotlarni yuklash, saqlash,chop etish, tarqatish yoki undan foydalanishga ruxsat berish ta'qiqlanadi.

5.2.3. Uyushma Foydalanuvchilarning roziligisiz ommaviy yuborishlarni amalga oshirish;

5.2.4. Uyushmaning va uning xizmatlari yoki Foydalanuvchilarning shaxsiy sahifalari normal faoliyatini ishdan chiqarishga qaratilgan dasturiy ta'minotdan foydalanish va hatti-g'arakatlarni amalga oshirish;

5.2.5. Viruslar, troyanlar va boshqa zararli dasturlarni yuklash, saqlash, chop etish, tarqatish va ularga kirish uchun yo'l ochish yoki biron-bir usul orqali ulardan foydalanish;

5.2.6. Uyushma Ma'muriyatining maxsus ruxsatisiz axborot to'plash va /yoki Sayt va uning sersivlari bilan o'zaro aloqadorlik uchun Saytda avtomatlashtirilgan skriplarni (dasturlarni) o'rnatish;

5.2.7. Biron-bir maqsadlar uchun Xizmatlarni amalga oshirish, qaytarish, nusxalash, sotish, savdo operatsiyalarini amalga oshirish va qayta sotish, to'g'ridan-to'g'ri Foydalanuvchiga Ma'muriyat bilan tuzilgan alohida kelishuvga asosan ruxsat berilgan hollar bundan mustasno;

5.2.8. tijorat va siyosiy reklamani joylashtirish;

5.2.9. boshqa saytlar va loyihalarning reklamalarini joylashtirish, to'g'ridan-to'g'ri Foydalanuvchiga Ma'muriyat bilan tuzilgan alohida kelishuvga asosan ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.

5.2.10. Ma'muriyatning shaxsiy fikriga asosan xush kelmaydigan, Uyushmani tashkil etish maqsadlariga mos kelmaydigan, Foydalanuvchilarning manfaatlarini cheklaydigan yoki boshqa sabablarga ko'ra to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni joylashtirish.

5.3. Foydalanuvchi Saytda joylashtiradigan istalgan ma'lumotga, boshqa Foydalanuvchilarga bergan ma'lumotlariga, shuningdek boshqa Foydalanuvchilar bilan o'zaro aloqadorligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

5.4. Foydalanuvchi ushbu Qoidalarga yoki undagi yangi qoidalarga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Sayt Ma'muriyatiga info@veloman.uz saytiga xabar yuborish orqali savol berishi mumkin.

6. Ma'muriyatning huquq va majburiyatlari

6.1. Ma'muriyatning majburiyatlari faqatgina Foydalanuvchiga Foydalanish kelishuvi va Qoidalar bilan belgilangan Saytga kirish uchun texnik imkoniyatni yaratib berishdan iborat.

6.2. Ma'mur o'z ihtiyoricha Saytda chop etiladigan istalgan ma'lumotni, shuningdek foto va videokontentni va Saytning istalgan element hamda uning tashkiliy qismlarini o'zgartirishi yoki o'ga chirib tashlash, Foydalanuvchiga Saytning barcha bo'limlari yoki Saytning istalgan bo'lim/modullariga istalgan vaqtda istalgan sabab bilan yoki sababini tushuntirmasdan avvaldan xabar qilgan holda yoki avvaldan xabar qilmasdan (Ma'murning ihtiyoriga ko'ra) kirishni to'htatish huquqiga ega. Shu bilan birga, tomonlar Foydalauvchiga bunday hatti-harakatlar tufayli keltiriladigan istalgan zarar uchun Ma'mur javob bermasligiga rozilik bildiradilar.

6.3. Ma'mur Foydalanuvchining roziligi olmasdan bir tomonlama ravishda Saytdan foydalanstalgan ishda istalgan cheklovlarni o'rnatishi, Kelishuvni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqiga ega.

6.4. Ma'mur Saytning istalgan bo'limida reklama va/yoki boshqa axborotni joylashtirish, reklama videokontenti ko'rsatuvini to'htatib qo'yish huquqiga ega.

7. Uyushmada quyidagilar ta'qiqlanadi:

7.1. Beadab gaplar, haqoratli so'zlar, shu jumladan ularning shaklini o'zgartirgan holda: so'zni yoki uning qismlarini harflar yoki belgilar bilan o'rnini o'zgartirgan holda ishlatish, Uyushmada ham Uyushma ishtirokchilariga shaxsan, ham Ma'muriyat sha'niga nisbatan haqoratomuz gaplarni gapirish;

7.2. Ishtirokchilarni millati, jinsi, dini, irqi, yoshi, kasbi va boshqa belgilariga qarab haqoratlash, kamsitish;

7.3. Mavzu va izohlarni takrorlash;

7.4. Uyushma ma'muriyati bilan kelishmasdan reklama joylashtirish. Tushuntirish matnisiz Internet-resurslariga havolalardan foydalanish;

7.5. Noqonuniy yoki qonunga qarshi hatti-harakatlarga chaqiruv yoki ularni targ'ib qiluvchi xarakterga ega, milliy, irqiy, diniy va boshqa turdagi murosasizlikni namoyon etuvchi fikrlar, ekstremizm, fashizmni targ'ib etuvchi, shuningdek ta'qiqlovchi moddalarni targ'ib etuvchi mavzu, xabarlarni yaratish, video va suratlarni joylashtirish;

7.6. Erotika va pornografiya mavzusidagi suratlar, yuzertopiklar, roliklarni joylashtirish. Avatar sifatida jinsiy aloqa, erotika, zo'ravonlik tasvirlaridan foydalanish;

7.7. Faoliyati qonunchilik bilan ta'qiqlangan partiya, ijtimoiy tashkilotlar, nodavlat tashkilotlarining ramziy belgilaridan foydalanish;

7.8. Foydalanuvchilarni ushbu qoidalarni buzishga undovchi mavzu va xabarlarni yaratish;

7.9. Axborotga taaluqli bo'lmagan yoki mavzuga aloqador bo'lmagan xabarlarni yaratish.

7.10. Uyushmada Ma'murining hatti-harakatini muhokama qilish ta'qiqlangan.