Joriy yilning uchinchi choragida bozorda Leaos Solar elektr velosipedi paydo bo'ladi, uning egalari ma'lum shart-sharoitlarda akkumulyator batareyalarini elektr tarmog'idan zaryad qilishdan tashvishlanmasalar ham bo'ladi.
Gap shundaki, bayk ramasiga energiyani yig'ish uchun quyosh panellari o'rnatilgan. Velosipedni ikki rejimda ishlatish mumkin – pedalni aylantirish orqali va to'liq elektr rejimidi. Aytilishicha, birinchi rejimda velosiped egasi quyosh batareyalari energiyasi hisobiga zahirani to'ldirish orqali taxminan 20 km masofa yurishi mumkin. To'liq elektrtyaga rejimida esa bu ko'rsatkich nisbatan pastroq – 15-16 km. Shunday qilib, ko'rsatilgan kunlik yurish masofasiga rioya qilgan holda velosipedni batareyalarni zaryadka qilish uchun elektr rozetkasiga ulashning zarurati yo'q.
http://veloman.uz/upload/iblock/78b/1433423170_9270923_leaos2.jpg" alt="image" />
Ishlab chiqaruvchilar zaryadkasi umuman qolmagan akkumulyatorlarni quyosh panellaridan to'liq zaryadka qilish uchun qancha vaqt kerakligini ma'lum qilmayaptilar, ular faqatgina buning uchun “24 soatdan ko'proq” vaqt ketadi, deyishayapti. Nima bo'lganda ham, elektr tarmog'iga ulanib biror ikki soatlarda energiya zaxirasini to'ldirib olish mumkin.
http://veloman.uz/upload/iblock/ae8/1433423199_5727514_leaos3.jpg" alt="image" />
Leaos Solar da o'rnatilgan akkumulyatorlar to'liq zaryad bilan elektr tortish orqaligina 72 km masofagacha bosib o'tish imkonini beradi. Velosiiped konstruktsiyasida vaznni kamaytirish uchun uglerod tolasi ishlatiladi.
http://veloman.uz/upload/iblock/351/1433423217_5485436_leaos4.jpg" alt="image" />
Leaos Solar ning barcha ijobiy tomonlari bilan birga, uning asosiy kamchiligi, bu – narxi. Negaki, bu velosipedning narxi 9000 AQSh dollari atrofida turadi.
Manba: http://www.gizmag.com/">Gizmag.com